Andijon viloyatining Oltinkoʻl  tumanidagi “O.G.O” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida oʻtkazilgan tekshirishda oʻlchov qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatilishi oqibatida  13,8 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.