Suriya muvaqqat prezidenti lavozimini egallab turgan Ahmad ash-Sharʼa Vashingtonning terrorchilar roʻyxatidan chiqarildi. Shuningdek, mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Hasan Hattob ham mazkur roʻyxatdan chiqarilgani haqida 7 noyabr kuni AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida maʼlum qilindi. Biroq Vashingtonning bu qadami sanksiyalarni toʻliq bekor qilish emas, balki «shartli yumshatish» hisoblanadi.