24 sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Boʻka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan bir nechta autsoring xizmat koʻrsatuvchi xususiy korxonalarning masʼul shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.