Markaziy Bank maʼlumotlariga koʻra, 17 oktabrda 100 gramm oltin narxi 170 mln soʻmdan oshdi. Bu rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Bunday vaziyatda AQSh dollar narxi soʻmga nisbatan pastlashish kuzatilmoqda. Dollar narxi tushishi va oltin narxining koʻtarilishi soʻnggi vaqtlarda koʻproq uchramoqda. Xoʻsh bu nimani anglatadi? Dollar narxining tushishi AQSh iqtisodiga salbiy taʼsir qiladimi? Paradigma.uz mana shunday savollarga javob topish uchun iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbatlashdi.