Buyuk Britaniya sobiq Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jeremi Korbin jamiyatda boylik tengsizligiga barham berish va ijtimoiy adolat uchun kurashuvchi yangi siyosiy partiya tashkil etmoqda."Islington North" saylov okrugidan mustaqil deputat boʻlgan Korbinning taʼkidlashicha, yangi partiya hozircha nomlanmagan boʻlsa-da, u hozirgi Leyboristlar partiyasining "nazoratga chanqoq rahbarlari" hamda oʻta konservativ Reform UK partiyasining "ajratishga asoslangan xavfli siyosati"ga muqobil boʻladi.