2025 yilning 1 iyun kuni Ukraina Rossiyaga “Oʻrgimchak toʻri” nomli harbiy operatsiyasini amalga oshirdi. Bu orqali Ukraina Rossiyaning ichki hududlarida joylashgan strategik aviatsiyasiga keng koʻlamli dronlar orqali hujum qildi. Mutaxassislar fikricha, bu operatsiya Rossiyaning strategik bombardimonchi aviatsiyaga sezilarli darajada zarar yetkazgan hamda urushining yangi bosqichini boshlab bergan.