Londonda roʻyxatga olingan TBC Bank Group Oʻzbekistondagi eng yirik onlayn eʼlonlar platformasi OLX Uzbekistanʼning nazorat paketini Prosus kompaniyasidan sotib oldi. OLX UZ oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchi va 2,2 mln eʼloni bilan mamlakat internet foydalanuvchilarining 20 foizidan ortigʻiga xizmat koʻrsatadi.