Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, hokimiyat balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, fuqarodan 18 ming 500 AQSh dollar talab qilib, 9500 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.