Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot kotibining Telegram-kanalida 2-3 avgust kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Omonqoʻton" milliy tabiat bogʻiga bir necha nomaʼlum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat vazirlik tomonidan oʻrganib chiqildi.