Joriy yilning 21-23 aprel kunlari Qozogʻiston respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin Afgʻoniston poytaxti Kobulga rasmiy tashrifini amalga oshirib, muvaqqat hukumat raisi oʻrinbosari Mulla Abdulgʻani Barodar bilan uchrashdi. Ushbu rasmiy tashrif ikki mamlakat uchun muhim oʻrin tutuvchi umumiy qiymati 140 million AQSh dollarlik boʻlgan 20 ga yaqin shartnomalar imzolanishi bilan yakunlandi.