Gulnora Karimovaning Shveysariyadan 313 mln AQSh dollar puli Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan. Shundan 95 mln AQSh dollar pul Oʻzbekiston xalqiga qaytarish boʻyicha Oʻzbekiston va Shveysariya hukumatlari oʻrtasida tashkil etilgan "Ishonch" jamgʻarmasiga oʻtkazilgan. 95 mln dollardan 87 mln dollar mablagʻ Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimiga yoʻnaltirilgan. Qolgan mablagʻlar esa Shveysariya hukumati nazoratidagi Shveysariya bank hisoblarida saqlanmoqda. Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Pullarning hozirgi taqdiri qanday kechmoqda. Mablagʻlar rostdan ham bu ikki sohaga yoʻnaltirilganmi? Mana shu masalalarga ochiqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Gulnora Karimova pullarini sarflanishi boʻyicha, Olmaliq shahrida matbuot anjumani tashkil etildi.