Qashqadaryo viloyatidagi XV asrga oid tarixiy Langar ota majmuasi AQSh elchilarining Madaniy merosni saqlash jamgʻarmasi tomonidan 250 ming AQSh dollarlik taʼmirlash loyihasi natijasida qayta tiklandi va foydalanishga topshirildi. Bu haqda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.