Tramp maʼmuriyati AQShga 19 davlatdan koʻchib kelgan fuqarolarga berilgan grin-kartalarni toʻliq qayta koʻrib chiqishini maʼlum qildi. Bu qaror Oq uy yaqinida Milliy gvardiya harbiylariga qilingan qurolli hujumdan keyin qabul qilindi. Afgʻoniston fuqarosi hujumni sodir etganlikda gumonlanmoqda.