Italiya A Seriasida Milan derbisi boʻlib oʻtdi. Unda 33-tur doirasida Inter hamshahri Milan bilan oʻyin oʻtkazdi va 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Inter gʻalaba bilan birga muddatidan oldin 86 ochko bilan 20 karra A Seria chempionligini qoʻlga kiritdi. Hozirda Inter va Milan oʻrtasidagi farq 17 ochkoni tashkil etadi.