Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda bolalarning ovqatdan zaharlanganidan soʻng ularga 5-6 milliard soʻmlik dori-darmonlar yetkazilgan. Shuningdek, ushbu ishga aloqador boʻlgan 11 kishi qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 6 oktabr kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Xalq deputatlarining Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashining yettinchi chaqiriq 20-sessiyasidagi nutqida aytib oʻtdi.