Oxirgi paytlarda yurtimizda noodatiy, davolash qiyin boʻlgan shamollash turi paydo boʻldi. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar bir-biriga yuqtirib olayotgan bu gripga har doimgi dori-darmonlar deyarli taʼsir qilayotgani yoʻq. Bunday sharoitda bolalarning immunitetini mustahkamlash, ular salomatligiga toʻgʻri yondashish juda muhim. Quyidagi tavsiyalarimiz bu borada juda katta foyda keltirishi aniq.