Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA)ning tegishli qaroriga muvofiq, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (“UzTest”) DM huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekistondagi ilk tashkilot sifatida eʼtirof etildi.