Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oilalarida isteʼmol madaniyati sezilarli darajada oʻzgardi. Odamlar endilikda faqat zarurat uchun emas, balki atrofdagilarga “mos koʻrinish” uchun ham xarid qilishga intilmoqda. Bu jarayonga reklama, ijtimoiy tarmoqlardagi “ideal hayot” tasvirlari va banklarning turli kredit takliflari kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.