Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida 8-mart kuni oʻtgan katta professional boks oqshomida super yarim oʻrta vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov WBA kamari uchun rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga koʻtarildi. 12 raundga moʻljallangan jangning 5-raundida Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratdi va super oʻrta vazn toifasida WBA kamari sohibiga aylandi. Shu tariqa Isroil Madrimov faoliyatidagi 10-jangida chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi. Bu haqida UzA xabar qilmoqda.