Holat 2 noyabr kuni soat 11:40 larda Fargʻona yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. «Lacetti» haydovchisi YPX inspektori, saftdor Otabek Mahmudovning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, avtomashinani xodim tomon haydagan va uni kapotda sudrab ketgan. U 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.