Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) rahbari Kim Chen In chorshanba kuni mamlakatning gʻarbiy qismidagi yirik harbiy bazaga tashrifi chogʻida mamlakat qurolli kuchlariga amaliy harbiy mashgʻulotlar va urushga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda payshanba kuni Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.