Nogironligi boʻlgan shaxslar kundalik hayotda infratuzilmaning moslashmagani, taʼlim va ishga joylashishdagi kamsitishlar, axborot resurslariga kirishdagi qiyinchiliklar hamda jamiyatdagi stereotiplar bilan toʻqnashmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu «koʻrinmas toʻsiqlar» nogironligi boʻlgan insonlarning jamiyatda faol qatnashish imkoniyatini cheklamoqda.