“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bu boradagi muhokamalarga munosabat bildirib, ayrim «ekspert»lar tanqidini asossiz deb atadi. U tabiat jarayonlarini hech bir davlat toʻliq nazorat qila olmaydi, degan fikr bildirgan va havo ifloslanishi muammolarini sof tabiiy jarayon sifatida koʻrsatishga uringan. Biroq xalqaro huquq nuqtai nazaridan fuqarolarning sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitda yashashi davlat zimmasidagi aniq va huquqiy jihatdan belgilangan majburiyatdir. Tabiiy jarayonlarni bahona qilish davlatni masʼuliyatdan xalos etmaydi.