2026 yil 1 apreldan Oʻzbekistonda bir qator yirik toʻlovlar faqat bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bu Prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.