Oʻzbekistonda 2024 yilning birinchi choragida 4477 nafar shaxs oiladagi zoʻravonlik moddalari boʻyicha javobgarlikka tortilgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2- moddasi — oiladagi (maishiy) zoʻravonlik boʻyicha 4343 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, ulardan 2344 nafariga jarima jazosi qoʻllangan, 1999 nafari esa maʼmuriy qamoqqa olingan.