Toshkent shahrida 14–17 noyabr kunlari xalqaro tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur kunlarda yuk tashuvchi transport vositalari poytaxtga kiritilmaydi, shahar markazida esa ularning harakati toʻliq toʻxtatiladi.