Onasi qarzga non ololmay yigʻlagan paytda u bor-yoʻgʻi oʻn ikki yoshda edi. Oʻsha kun kichik Amansio Orteganing butun hayotini oʻzgartirdi. Onasining doʻkondan koʻz yoshlari bilan chiqqan manzarasi yosh Amansioning xotirasida umrbod qoldi. Shu kuni u oʻziga qatʼiy qaror qildi: «Bundan keyin aslo qashshoq boʻlmayman».