Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
2026 yil 1 yanvardan boshlab, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) tizimida har qanday raqam belgilarini sotish boʻyicha auksionlar, shuningdek, «chiroyli» raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish tartibi bekor qilinadi.
Iqtisodiyot
09.09.2025, 15:24
Ulashish:

2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda transport vositalari uchun «chiroyli» davlat raqami belgilarini auksion orqali sotish tartibi bekor qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab qoʻyilgan. Unda avvalgi jarayonning «murakkab» ekani taʼkidlangan.
«Fuqarolar uchun auksion savdolarida ishtirok etish tartibi murakkab va koʻp vaqt talab etishi, ayrim toifadagi davlat raqami belgilari uchun boshlangʻich narxlar yuqoriligi keng aholi qatlami uchun bunday raqamlarni sotib olish imkoniyatini cheklamoqda», deyiladi hujjatda.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) tizimida har qanday raqam belgilarini sotish boʻyicha auksionlar, shuningdek, «chiroyli» raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish tartibi bekor qilinadi.
Yangi tartibga koʻra, jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻridan-toʻgʻri elektron murojaat asosida onlayn rejimda uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq maʼlumotlar bazasida boʻsh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilarini tanlab olishi mumkin boʻladi.
Ushbu bazadan quyidagi axborot tizimlari orqali foydalanish mumkin:
- IIV roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalarida joylashgan infokiosklar;
- Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi;
- YHXX rasmiy veb-sayti;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Tanlangan raqam yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladi, uning miqdori esa 2025 yil 1 oktabrdan boshlab, «Uzavtomotobelgi» davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.
OʻzRTXB 2025 yil 1 oktabrdan boshlab «chiroyli» davlat raqami belgilarining auksion savdolarini toʻxtatadi.
Auksionga qoʻyilib, sotilmagan, shuningdek, ishlab chiqarilib, sotilmagan «chiroyli» davlat raqami belgilari:
- 1−3-toifadagi davlat raqami belgilari Uzavtomotobelgi tomonidan belgilangan yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladi;
- 4−6-toifadagi davlat raqami belgilari «chiroyli» boʻlmagan davlat raqami belgilarini berishning amaldagi tartibida beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Uzavtomotobelgi davlat unitar korxonasi 2026 yil 1 yanvardan boshlab harf va raqam kombinatsiyalariga ega boʻlgan noyob davlat raqamlarini ochiq elektron auksion orqali taqdim etish huquqiga ega.
Iqtisodiyot
09.09.2025, 15:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda 40 yildan oshgan 52 mingdan ortiq avtomobil aniqlandi
Oʻzbekiston
22.01.2026, 17:27

Avtomobillarni taʼmirlashga qaysi hudud qancha mablagʻ sarfladi?
Iqtisodiyot
02.10.2025, 18:49

8 oyda 770,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan
Iqtisodiyot
23.09.2025, 17:00

Oʻzbekistonda yarim yilda 172 mingdan ortiq avtomobil sotildi
Iqtisodiyot
17.07.2025, 11:18
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
