Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.
Jahon
06.03.2026, 14:09
Ulashish:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shanba kuni Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiyning oʻldirilishini “barcha insoniy axloq meʼyorlarining beodoblik bilan buzilishi” deb atadi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi isroillik hamkasbi Gideon Saʼarga “kuch muammolarni chinakam hal eta olmaydi” deb aytdi va barcha tomonlarni vaziyatning yanada keskinlashishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.
Rossiya va Xitoy birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari majlisini chaqirishni soʻradi.
Ushbu munosabat Eron, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi yaqin aloqalarni aks ettiradi. Moskva va Pekin ikki tomonlama kelishuvlar imzolab, qoʻshma dengiz mashgʻulotlari orqali hamkorlikni kengaytirib, uzoq vaqtdan beri ularni izolyatsiya qilishga intilib kelayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro bosimga qarshi birlashgan harakatni namoyon etmoqda.
Biroq ular bayonotlar bilangina cheklanib, hech biri Eronga yordam berish uchun harbiy aralashishga tayyor ekanliklarini bildirgani yoʻq.
Rossiya va Eron strategik hamkor, ammo harbiy ittifoqchi emas
2025 yil yanvar oyida Rossiya va Eron savdo hamda harbiy hamkorlikdan tortib fan, madaniyat va taʼlimgacha boʻlgan sohalarni qamrab oluvchi keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasini imzoladi.
Mazkur kelishuv mudofaa va razvedka sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirib, Rossiyani Eron orqali Fors koʻrfazi bilan bogʻlovchi transport yoʻlaklari kabi loyihalarni ham qoʻllab-quvvatladi.
Ikki davlat Hind okeanida qoʻshma harbiy mashgʻulotlarni joriy yil fevral oyi oxirida, yaʼni AQSh–Isroil Eronga hujum qilishidan bir hafta oldin oʻtkazgan edi.
Biroq urush boshlanganda Moskva javob qaytarishga majbur boʻlmadi. Chunki shartnoma oʻzaro mudofaa bandini oʻz ichiga olmagan, yaʼni u rasmiy harbiy ittifoq darajasiga yetmagan.
Rossiya Xalqaro masalalar boʻyicha kengashining sobiq direktori Andrey Kortunov “Al-Jazira” telekanaliga Moskvadan bergan videointervyusida Rossiyaning 2024 yilda Shimoliy Koreya bilan imzolagan oʻzaro mudofaa shartnomasi harbiy yordam boʻyicha “koʻproq majburiyat yuklaydigan” kelishuvga misol ekanini aytgan.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu kelishuvga asosan Rossiya Shimoliy Koreyaga “u qatnashishi mumkin boʻlgan har qanday mojaroda” yordam berishga majbur. Eron bilan tuzilgan shartnomada esa, agar tomonlardan biri mojaroga jalb qilinsa, dushmanlik harakatlaridan tiyilish haqida kelishilgan, xolos.
Kortunovning aytishicha, Rossiyaning Eronga yordam berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlarga kirishishi ehtimoldan yiroq, chunki bu juda yuqori xavf keltirib chiqarishi mumkin.
Garchi shartnoma Rossiyaning aralashishga majbur emasligini aniq koʻrsatsa-da, Kortunovning Tehrondagi ayrim aloqalari “maʼlum darajada norozilik” bildirgani va “Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida yoki boshqa xalqaro maydonlardagi diplomatik harakatlardan koʻra koʻproq ish qilishiga umid” borligini aytgan.
Xitoy–Eron aloqalaridagi chegaralar
2021 yilda Xitoy va Eron energetika kabi sohalarda aloqalarni kengaytirish, shuningdek Eronni Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusiga jalb etishga qaratilgan 25 yillik hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Xitoyning Tsinghua universiteti qoshidagi Xalqaro xavfsizlik va strategiya markazi tadqiqotchisi Jodi Ven “Al-Jazira” telekanaliga bergan intervyusida bu munosabatlar Pekinda amaliy va barqaror deb baholanishini aytdi. Shu bilan birga, Pekin hamkorlikka, ayniqsa harbiy ishtirok masalasiga nisbatan aniq chegaralar belgilab kelayotganini taʼkidladi.
“Xitoy hukumati doimo boshqa mamlakatlar ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qiladi. Menimcha, Xitoy hukumati Eronga qurol yubormaydi”, — dedi u.
Aksincha, Pekinning roli koʻproq diplomatiya va inqirozlarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlishi mumkin.
Venning taʼkidlashicha, Xitoy vaziyatni tinchlantirish uchun AQSh va Fors koʻrfazi davlatlari bilan muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, u munosabatlarning nosimmetrik ekanini ham taʼkidladi.
Kpler kema kuzatuv xizmati maʼlumotlariga koʻra, Eron yillik xom neft eksportining 87,2 foizi Xitoyga toʻgʻri keladi. Bu Xitoyning Tehron uchun iqtisodiy ahamiyati qanchalik katta ekanini koʻrsatadi. Eron esa Xitoyning global savdosida nisbatan kichik hamkor hisoblanadi.
“Al-Jazira” nashriga intervyu bergan singapurlik tadqiqotchi Dilan Lohning fikricha, Xitoyning Eronga nisbatan pozitsiyasi himoya roliga aylangan va u oʻzining mintaqaviy iqtisodiy hamda xavfsizlik manfaatlariga tahdid solishi mumkin boʻlgan inqirozning oldini olish uchun vositachilik harakatlarini kuchaytirmoqda.
Uning aytishicha, Xitoy Venesuela prezidenti bilan bogʻliq voqeani oʻz hamkorlariga nisbatan qanday xavflar mavjudligining “signali” sifatida koʻrgan boʻlishi mumkin.
Yaʼni Pekin “Agar AQSh Venesuelada bunday qila olsa, Eronda ham shunday qilishi mumkin” degan xulosaga kelgan va shunga muvofiq harakat qila boshlagan. Hozirgi Eronga hujum esa bu jarayonni yanada dolzarblashtirgan.
Jahon
06.03.2026, 14:09
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV
Jahon
02.10.2025, 16:47

Rossiya Xitoyda parashyutchilar batalonini tayyorlashga vaʼda berdi
Jahon
29.09.2025, 13:00

Putin Eronni uran boyitishdan voz kechishga chaqirdi
Jahon
18.07.2025, 15:11

AQSh armiyasiga Rossiya va Xitoydan oshib ketish uchun dronlarni xarid qilishga ruxsat berdi
Jahon
11.07.2025, 14:40

Yevropa mamlakatlari Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam beradi
Jahon
24.02.2025, 13:40

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?
Siyosat
04.02.2025, 14:04
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
