updated: 22.03.2026, 11:55

Eronda yomgʻirdan soʻng orol qizil tusga kirdi

Eronning Xormozgan viloyatida joylashgan Xormoz oroli kuchli yogʻingarchilikdan soʻng qizil rangga boʻyaldi.

Jahon

20.12.2025, 09:52

Ulashish:

Eronda yomgʻirdan soʻng orol qizil tusga kirdi

Tabiatning ushbu gʻayrioddiy hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Eron janubida, Hormoz boʻgʻozi qaʼrida joylashgan Xormoz oroli dunyoda kam uchraydigan tabiat moʻʼjizalaridan biri hisoblanadi. Kuchli yogʻingarchilikdan soʻng orolning ayrim hududlari, ayniqsa sohil qismi, gʻayrioddiy ravishda qizil rangga kirib, sayyohlar va fotograflarni hayratga soladi.

Bu hodisa sirli emas, balki tabiat qonunlariga bogʻliq. Xormoz oroli tuprogʻi temir oksidiga boy mineral — oxra miqdorining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yomgʻir yogʻishi paytida ushbu mineral yuvilib, suv oqimlari orqali qirgʻoq va qumzor hududlarga tarqaladi. Natijada orol “qon-qizil” tusga kirgandek taassurot uygʻotadi.

 

Qizil sohil — tabiat galereyasi

Xormoz orolining eng mashhur manzillaridan biri — “Qizil sohil”. Bu yerda qum, tosh va togʻ jinslari turli qizil, sariq va misrang tuslarda tovlanadi. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi manzaralar orolni ochiq osmon ostidagi tabiiy galereyaga aylantiradi.

Sayyohlar bu yerga noyob landshaftlarni koʻrish, fotosayohat qilish, tabiat va geologiyaga qiziqishni qondirish uchun tashrif buyurishadi.

 

Faqat goʻzallik emas, tarix ham

Qadimdan Xormoz oroli strategik ahamiyatga ega boʻlgan. Savdo yoʻllari ustida joylashgan orol asrlar davomida dengizchilar va savdogarlar uchun muhim maskan hisoblangan. Minerallarga boy tuproq esa nafaqat tabiat manzarasi, balki tarixiy iqtisodiy ahamiyat ham kasb etgan.

Bu hodisa har safar kuchli yomgʻirlardan keyin takrorlanadi. Eng yaxshi kuzatuv vaqti — bahor va qish mavsumidagi yogʻingarchilikdan keyingi kunlar.

Jahon

20.12.2025, 09:52

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45