updated: 22.03.2026, 16:27

Insoniyat tarixidagi eng fojeali texnogen avariya - Chernobil AES portlaganiga 38 yil boʻldi

MDH davlatlarida 26 aprel Xalqaro radiatsiyaviy avariyalar va ofatlar qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.

Ulashish:

Chernobil AES

Chernobil AES

1986-yilning 26-apreliga oʻtar kechasi Chernobil AESdagi portlash sodir boʻlgan edi. Pripyat va Chernobil hech kim yashamaydigan arvoh shaharlarga aylandi. Portlash natijasida Ukraina, Belarus va Rossiyaning ming-minglab kvadrat kilometr hududi radiatsiyadan zararlandi, Yevropaning oʻnlab mamlakatlari osmonida radiatsiya buluti paydo boʻldi.

Qurilib, foydalanishga topshirilgan vaqti “eng xavfsiz va innovatsion” deya taʼriflangan AESning falokati ehtimoliy qurbonlari soni (kamida 4 ming kishi) va yetkazgan iqtisodiy zarari boʻyicha atom energetikasi tarixidagi antirekordchiga aylangan.

Oʻzbekistondan uzoqda boʻlishiga qaramay, ushbu fojia oʻzbekistonliklar taqdiriga ham daxldor. Oʻzbekiston chernobilchilari uyushmasi raisi Yuriy Nikonov bergan maʼlumotga koʻra, 1986−1989-yillari Chernobil AES falokati taʼsir qilgan hududlarda tozalash va qurilish ishlarini olib borishda 10 mingdan ortiq oʻzbekistonlik qatnashgan.

Portlashdan soʻng Radioaktiv materiallarning tarqalishi natijasida 600 ga yaqin zavod xodimlari va oʻt oʻchiruvchilar yuqori dozadagi nurlanishni oldi, ulardan 28 nafari bir yil ichida vafot etdi.

Chernobil AESdagi halokat atom energetikasi tarixidagi eng yirik falokat boʻlib, uning oqibatlarini bartaraf etishda jami 600 mingdan ortiq odam ishtirok etdi.

Radioaktiv ifloslanish SSSR hududi boʻylab 200 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni qamrab oldi.

Birgina Belarusiyaning ifloslangan hududlarida 2000 ta aholi punkti mavjud boʻlib, ularda 930 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Chernobil atom elektr stansiyasi, har doim sayyohlar uchun alohida qiziqish maydoni boʻlib kelgan.

Koʻplab odamlar u yerga yashirincha borib koʻrishgan, ammo 2010 yildan beri Ukraina hukumati sayyohlarni rasmiy ravishda borishi uchun ruxsat bergan.

Fan-texnologiya

26.04.2024, 13:37

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45