Turkmanistonda ish haqi va nafaqalarni oshirmaslik taklif qilindi
Turkmanistonda yillar davomida ish haqi, pensiya, davlat toʻlovlari va stipendiyalar yillar davomida oshirilib, mamlakat aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti yuqori darajaga yetganligi bois ularni oshirmaslik taklif qilindi. Bu taklifni Turkmaniston Xalq Maslahati kengashi oqsoqollarining aʼzosi Yozmurod Otamurodov bergan.
Jahon
24.09.2025, 16:00
Ulashish:

Foto: Videodan kadr
U Xalq Maslahati majlisida, xalq hokimiyatining oliy organi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokidagi tadbirda chiqish qilgan.
Otamurodovning soʻzlariga koʻra, hukumat saʼy-harakatlari tufayli koʻp yillardan beri ish haqi, pensiya, davlat toʻlovlari va talaba stipendiyalari muntazam ravishda oshirib kelinmoqda. U xalqning “tinch, farovon va baxtli hayot kechirayotgani”, aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti esa yuqori darajaga yetganini taʼkidlagan.
Oqsoqol bunday imtiyozlar dunyoda boshqa hech bir mamlakatda mavjud emasligini, bugun esa har bir oila zarur boʻlgan narsani olishga imkoniyati yetishini aytib, shuning uchun maosh va toʻlovlarni oshirishni toʻxtatish lozimligini bildirgan. U Berdimuhamedovdan ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashni soʻragan.
Otamurodovning fikricha, oshirishdan tejab qolingan mablagʻlarni “mamlakatni yanada rivojlantirish” hamda “boshqa muhim yoʻnalishlarga” yoʻnaltirish mumkin.
“Turkmanistonda oʻn yildan ortiq vaqt davomida davlat rahbarining farmonlari asosida har yili ish haqi, pensiya, davlat toʻlovlari va stipendiyalar oʻrtacha 10 foizga oshirib kelinmoqda. Hozirda eng kam ish haqi 1410 manatni (taxminan 400 dollar), pensiya esa 550 manatni (taxminan 155 dollar) tashkil etadi”, – deyiladi xabarda.
Turkmen news xabariga koʻra, oqsoqolning bu taklifi turkman ijtimoiy tarmoqlarida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan. Hatto Turkmenportal nashri bu xabar ostidagi izohlarni yopib qoʻyishga majbur boʻlgan.
Foydalanuvchilar inflyatsiya odatda indeksatsiya qilinadigan 10 foizdan ancha yuqori ekanini taʼkidlagan: masalan, goʻsht narxi yarim yil ichida ikki baravar oshib, 100 manatga (5 dollar) yetgan. Talabalar formasi esa oilalarga taxminan 12 ming manatga (600 dollar) tushmoqda va ota-onalar farzandlarining oʻqishini toʻlash uchun kredit olishga majbur boʻlmoqda.
Jahon
24.09.2025, 16:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi
Jahon
15.07.2026, 17:58

Turkmaniston rahbari Mirziyoyevni medal bilan mukofotlashini aytdi
Oʻzbekiston
11.10.2024, 15:14
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu
Jahon
25.08.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi
Jahon
05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi
Jahon
04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”
Siyosat
04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi
Jahon
03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi
Jahon
03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi
Fan-texnologiya
03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi
Jahon
03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Istanbul yaqinida ikkita Turkiya savdo kemasi to‘qnashib ketdi
Jahon
02.09.2026, 12:37

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
02.09.2026, 12:25

SHHT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirdi
Siyosat
02.09.2026, 11:48

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46

Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin
Siyosat
02.09.2026, 10:43

O‘zbekistonda 2200 yillik yunon harbiy qarorgohi topildi
Madaniy
30.08.2026, 10:36

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,1 foizga o‘sdi: eksport kamayib, import hajmi oshgan
Iqtisodiyot
29.08.2026, 12:02
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu
Jahon
25.08.2026, 14:01
