Oʻzbekistonda jurnalist oʻzi kim?
Hokim haqorat qilsa, vazir kimgadir xizmat qilishda ayblasa, Milliy gvardiya aeroportga kiritmasa... Oʻzbekistonda jurnalist oʻzi kim?
Oʻzbekiston
14.08.2024, 10:30
Ulashish:

Oʻzbekistonda jurnalist oʻzi kim?
Amalda toʻrtinchi hokimiyat vakillari deyiladigan, davlat rahbari haqiqatni gapirsa, men ularning orqasidaman deb atagan jurnalistlarga oxirgi paytlarda munosabat shunday boʻlyapti va oʻzi bor, ammo ishlamaydigan qonunlar yana jurnalistlar huquqlarini doimgidek himoya qilolmayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportiga Oʻzbekiston terma jamoasini kutib olish uchun chiqqan mustaqil jurnalistlarning ichkariga kiritilmaganligi eʼtirozlarga sabab boʻldi.
Koʻpchilik Parij-2024 Olimpiadasini dunyo miqyosida bir qator sharmandali holatlar bilan eslab qoldi. Oʻzbekistondagi jurnalistlar uchun esa ushbu Olimpiada ikki hissa sharmandali boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi sportchilarni kutib olish jarayonlarini yoritish uchun borgan koʻplab nashrlarda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar aeroportga kiritilmadi. Rasmiylar bu holatni aeroportda tartibni saqlash chorasini koʻrish maqsadida deb izoh bergan, shunda oʻzidan oʻzi savol yuzaga keladi: Tartibni jurnalistlar buzadimi?
Ommaviy axborot vositalari xodimlari aeroport ichkarisiga kiritilmagan bir paytda, davlatga tegishli OAV vakillari, xususan, davlat telekanallari va OʻzA sayti muxbirlari sportchilardan intervyu olib yurdi.
Boshqa mustaqil ommaviy axborot vositalari vakillari esa tashqarida qolib ketgan. Bu holat rasmiylar tomonidan jamoatchilik oldida ochiq va shaffof boʻlish majburiyatini buzayotganligini koʻrsatmayaptimi?!
Bu turdagi cheklovlar Oʻzbekistonning erkin matbuot sohasida erishgan yutuqlarini tahdid ostiga qoʻymaydimi? OAVlar davlat organlari va rasmiy tadbirlar haqidagi axborotni xalqqa yetkazishda muhim ahamiyatga ega va ularga boʻlgan ishonchning shakllanishida hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Jurnalistlarning oʻz vazifalarini bajarishi uchun toʻsiqlar yaratish, axborot olish imkoniyatini cheklash — nafaqat jurnalistlar huquqlarini poymol qilish, balki erkin matbuotni boʻgʻish emasmi?!
Rasmiylarning mustaqil jurnalistlarga nisbatan bu tarzda cheklov oʻrnatishi, mamlakatda soʻz va axborot erkinligiga boʻlgan munosabatning xavotirli darajada ekanini koʻrsatmaydimi?! Bunday holatlar xalqaro maydonda mamlakatning obroʻyiga zarar yetkazmaydimi?!
Oʻzbekistonning ochiqlik va erkinlik yoʻlida erishayotgan yutuqlari faqat soʻzlarda qolib ketmasligi, barcha OAVlar uchun teng sharoitlar yaratilishi va jurnalistlarga axborot olish imkoniyatlari berilishi lozim.
Davlatning oshkoraligi va shaffofligi faqat rasmiy OAVlar bilan cheklanmasligi, balki mustaqil va xolis axborot manbalarining ham faoliyatini cheklovsiz amalga oshirishiga imkoniyat yaratish orqali taʼminlanishi kerak. Ushbu holat Oʻzbekistonning erkin matbuot va soʻz erkinligi yoʻlidagi islohotlarining yanada jiddiy qarashga muhtoj ekanligini koʻrsatadi.
Jurnalistlar ularning qaysi OAVga tegishli ekanligidan qatʼi nazar, davlat tadbirlarini yoritishda teng imkoniyatlarga ega boʻlishi zarur. Shu orqali mamlakatda erkin va adolatli axborot muhitini yaratish yoʻlida muhim qadamlar tashlanadi.
Oʻzbekiston
14.08.2024, 10:30
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
