updated: 22.03.2026, 12:19

Sirdaryoda o‘qituvchini kaltaklagan opa-singillarning onasi jarimaga tortildi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiydigan opa-singil o‘quvchilar mazkur maktabda ishlaydigan hamshira hamda o‘qituvchini kaltaklagani tasvirlangan video tarqalgandi. Holat sudda o‘rganilib, o‘quvchi qizlarning onasiga jarima belgilandi. Bu haqda "Bu kun" dasturida ma’lum qilindi. 

Сирдарёда ўқитувчини калтаклаган опа-сингилларнинг онаси жаримага тортилди

Сирдарёда ўқитувчини калтаклаган опа-сингилларнинг онаси жаримага тортилди

Qayd etilishicha, aslida 7-oktyabr kuni sodir bo‘lgan voqea 20-oktyabr kuni tarmoqlarda tarqalgan. 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiydigan opa-singil o‘quvchilar maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va shu maktabda hamshira bo‘lib ishlaydigan xodimga qo‘l ko‘targan. Dastlab o‘quvchilar hamshira bilan janjallashgan.

"Maktabda o‘quvchilarni darsga kirishini nazorat qiladigan navbatchi tashkil qilganmiz. Janjalga sabab nazoratchining o‘quvchi qizlarga darsga vaqtida kiringlar, degan gapi asnosida yuzaga kelgan. Bu chaqiriqni eshitgan o‘quvchi qizlar navbatchiga sizning ishingiz bo‘lmasin, deb u bilan tortishgan. So‘ng hamshirani kaltaklashgan", deydi maktab direktori.

Holat jiddiy tus olib mahalla inspektoriga yetkazilganda, inspektor kelib o‘quvchi qizlar voyaga yetmaganligi bois ularning onasini ham maktabga chaqirgan. Ayol maktabga kelganida yana janjal boshlangan. Holat hal bo‘lmagani bois ish sayyor sud tartibida maktabning o‘zida ko‘rib chiqilgan. Sudda mahalla profilaktika inspektori yuqorida ta’kidlanganidek, janjalni murosa bilan bartaraf etolmaganini bildirgan.

"Men maktabga kelgan vaqtimda hamma tashqarida turgan edi. Ichkariga kiringlar, bu yerda muhokama qilmaymiz, bizni ko‘rayotgan o‘quvchilarning tarbiyasiga yomon ta’sir qiladi, dedim. Biroq ular gapimni inobatga olmasdan baqir-chaqir qildi. Shunday bo‘lsa ham ular bilan muzokara qilishga harakat qilib xonaga olib kirdim. Voqeani bir boshdan tushuntiringlar, dedim. Yana baqir-chaqir boshlandi. Ularni murosaga keltira olmaganim uchun gaplashishni to‘xtatdik", deydi mahalla inspektori.

Ammo o‘qituvchi va hamshiraga qo‘l ko‘targan opa-singil o‘quvchilarning onasi inspektor tomonidan o‘qituvchilarga qarata besh-oltitangiz bir bo‘lib yozib beringlar, ularni axloq tuzatish koloniyasiga jo‘nataman, degan gaplarni aytgani bois voqea joyidagilar bilan tortishishda davom etganini bildirgan.

"Mening qizimni sen urdingmi, deyayotganimda inspektor ichkariga kiraylik, dedi. So‘ng ichkariga kirdik. Ichkarida ustozlar har xil gapirishdi. Keyin men ularga yana qaysi biring qizlarimni urding, deb savol berdim. Ustozlar esa u meni, bu meni urdi, dedi. Qizlaringizni boshingizga chiqarib olgansiz, deyishdi. Shunda inspektor domlalarning gapiga qo‘shilib, besh-oltita o‘qituvchi yozib beringlar, bularni axloq tuzatish koloniyasiga jo‘natamiz, dedi. So‘ng men inspektorga sen bilgan ishingni qil, men o‘zim bilgan ishni qilaman, deb qizlarimni olib chiqib ketdim", deydi ayol.

Shuningdek, sud jarayonida o‘quvchi qizlardan kaltak yegan o‘qituvchi ham o‘z fikrini bildirib, janjalni to‘xtatishga chiqqanini, shu vaqtda qizlar unga ham tashlanganini aytdi.

"Maktabda ishlaydigan hamkasblarimizdan biri kelib, opa-singil o‘quvchilar yana urish boshladi, dedi. Keyin bu xabarni eshitgan hamma o‘qituvchi janjal bo‘layotgan maktabimizning ikkinchi qavatiga chiqdi. Men voqea joyidan o‘zimni videoga olayotgandek ko‘rsatish uchun telefonimni chiqardim. Ammo videoga olganim yo‘q edi. Shunda qizlardan biri sen tasvirga olyapsanmi, dedi. Shunda ularga tasvirga olmayotganimni isbotlash uchun telefonimni ko‘rsatgandim, ular qo‘limdagi telefonimni birdan tortib oldi. Shu vaqtda aniq esolmayman telefonimni qizlarning qo‘lidan ham kimdir olib qo‘ydi. Keyin qizlar menga tashlanib, meni ham urib ketdi", deydi maktab o‘qituvchisi.

Yuqoridagi holat sud jarayonida ko‘rilganidan so‘ng voyaga yetmagan ikki opa-singil o‘quvchilarning oilaviy sharoiti o‘rganilgan. Aniqlangan ma’lumotlarga tayanib, ya’ni ularning oilasida hech kim ishlamasligi inobatga olinib, o‘quvchilarning onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi bilan hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida (752 ming so‘m) jarima jazosi belgilandi.

Oʻzbekiston

23.10.2024, 12:19

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?

25 millionlik Telegram auditoriyasi, 16 millionlik YouTube va kuniga soatlab tarmoqlarda vaqt o‘tkazadigan odamlar... O‘zbekistonning raqamli manzarasi qanday?

Oʻzbekiston

09.10.2026, 17:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Kelgusi yilgi MDH sammiti 8–9-oktyabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi

Husiylarning bildirishicha, ular Yamanda qayta avj olgan fuqarolar urushida hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani sababli Saudiya Arabistoniga hujum qilmoqda. 

Jahon

09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi

Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida Qirg‘izistonga ketayotgan fuqaroning paypoqlariga yashirilgan 64 ming dollar topildi.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi

Dunyoga mashhur YouTube blogeri MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentdagi tadbirda ishtirok etadi. Uchrashuv formati, qatnashish shartlari haqida maqolada batafsil bilib oling.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi

Human Rights Watch Sirojiddin Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yicha shubhali ayblovlar bilan qamalishi O‘zbekistonda adolatli sudlov mezonlari yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi

Tramp agar unga ushbu mukofot berilmasa, Norvegiya Nobel qo‘mitasi obro‘yiga putur yetishini ta’kidladi.

Jahon

08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi

AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi F-1 vizasidagi xorijlik talabalar uchun yangi to‘lovlarni joriy etmoqda.

Jahon

08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?

"O'zbek" atamasi ba'zi xabarlarda faqat fuqarolikni ko'rsatish uchun ishlatilsa, boshqalarida jinoyat, migratsiya va xavfsizlik mavzulari bilan bog'lab qo'llanmoqda.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda

Yaqin Sharqda neft ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlar va Fors ko‘rfazi hamda Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga hujumlar kuchayishi xalqaro neft bozoriga bosim o‘tkazmoqda. Bugun Brent nefti narxi bir barrel uchun $102 dan oshdi.

Jahon

08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonidagi harbiy ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat qirollik hududida o‘z harbiy bazasini tashkil etishi mumkin.

Jahon

08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?

Sirojiddin Media nomi bilan tanilgan bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo ish ortidagi eng muhim savol ochiq qolmoqda: nega ayrim fuqarolar o‘z muammosini davlat idorasidan ko‘ra bloger orqali hal qilishga urinadi?

Oʻzbekiston

07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda

Bu nima uchun muhim?

Jahon

07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles va San-Diyego kabi shaharlardan ayrilish “kichik narx” bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning bu bayonoti demokratlar qatori ayrim respublikachilar tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

Siyosat

07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi

 Ummon harbiy-havo kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan Panama bayrog‘i ostidagi neft tankeridan 10 nafar ekipaj a’zosini evakuatsiya qildi. Hodisada kamida 12 kishi jarohatlangan.

Jahon

07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi

UzAuto Motors 7-oktabrdan Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti asosida sotishni boshladi.

Iqtisodiyot

07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaning xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Kiyevni tark etishga chaqirig‘iga qaramay, Amerika diplomatlari Ukrainada qolishini bildirdi.

Siyosat

06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi

6-oktabrga o‘tar kechasi Zaporojye shahridagi Dnepr orqali o‘tuvchi ko‘priklardan biriga berilgan zarba oqibatida besh kishi jarohatlangan.

Jahon

06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?

"Men qaror qabul qildim", deb yozdi Kristianu Ronaldu.

Sport

06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi

Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari mamlakat shimoli-g‘arbidan poytaxt tomon yo‘l oldi.

Siyosat

05.10.2026, 16:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →