Odam savdosi bilan shugʻullangan “Sonya” Turkiyadan deportatsiya qilindi

Oʻzbek ayollarini chet elda fohishalik qilishga majburlagan “Sonya” Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

Ulashish:

Odam savdosi bilan shugʻullangan “Sonya” Turkiyadan deportatsiya qilindi

Foto: Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Telegram kanali

Qayd etilishicha, 1974 yilda tugʻilgan Raxmatova Sanobar odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvga berilgan.

 

U 2013–2015 yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish vaʼdasi bilan aldab, Qozogʻiston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.

 

“Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiramiz.

Shu bilan birga, soʻnggi vaqtlarda firibgarlik holatlari boʻyicha murojaatlar koʻpaygani sababli, fuqarolarimizni firibgarlarga aldanib qolmasliklarini va ogoh boʻlishlarini soʻraymiz”, — deyiladi konsulxona xabarida.

Siyosat

23.09.2025, 18:00

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17