updated: 22.03.2026, 16:39

OKMKda yana bir texnologik raqamli podstansiya barpo etilmoqda

Ushbu obʼektga xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda elektr energetikasining yirik gigantlarining 6,35 va 110 kVli oʻchirgichlari, tok va kuchlanishli transformatorlari oʻrnatildi.

Ulashish:

OKMKda yana bir texnologik raqamli podstansiya barpo etilmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish loyihasi doirasida kon va uning texnika majmuasini tashqi elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida yana bir zamonaviy raqamlashtirilgan texnologik podstansiya barpo etilmoqda.

Mutaxassislarga koʻra, ushbu podstansiya 110/35/6 kV kuchlanishga ega boʻlib, bu yerga elektr energiyasi “Qoraqiyasoy” va “Adolat” podstansiyalaridan havo liniyalar orqali uzatiladi. Podstansiyada 2 ta quvvati 63 MVA boʻlgan zamonaviy transformatorlar oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida 110 kV elektr energiyasi 35,6 kV kuchlanishga pasaytirilib, “Yoshlik-1” konidagi kon-texnika majmuasini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlab beradi.

Bundan tashqari, podstansiyaga quyosh foto elektr stansiyasi ham oʻrnatilgan boʻlib, quvvati 30 kVt boʻlgan quyosh panellari mazkur obʼektning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va elektr tejamkorligini taʼminlaydi. Shuningdek, ushbu obʼektga xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda elektr energetikasining yirik gigantlarining 6,35 va 110 kVli oʻchirgichlari, tok va kuchlanishli transformatorlari oʻrnatildi.

Podstansiya avtomatika va rele himoyali bloklari, avariyaga qarshi avtomatika, avtomatlashtirilgan masofaviy boshqaruv tizimi, maʼlumotlarni yigʻish va uzatish dispetcherlik boshqaruv tizimi bilan jihozlandi.

Podstansiyaning barcha metall konstruksiyalari va beton buyumlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan. Mazkur obʼektda bugungi kunda pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari qizgʻin pallada. Uskunalarni sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda. 

 

Iqtisodiyot

11.08.2025, 21:40

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45