Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 04:25

Afgʻoniston, Tojikiston hamda Qirgʻizistondan olib kirilgan giyohvandlik moddalarini sotmoqchi boʻlgan narkokurerlar ushlandi

Surxandaryo hamda Fargʻona viloyatida Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻizistondan keltirilgan jami 47,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.

Afgʻoniston, Tojikiston hamda Qirgʻizistondan olib kirilgan giyohvandlik moddalarini sotmoqchi boʻlgan narkokurerlar ushlandi

Afgʻoniston, Tojikiston hamda Qirgʻizistondan olib kirilgan giyohvandlik moddalarini sotmoqchi boʻlgan narkokurerlar ushlandi

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 53, 50, 39 yoshli uch nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan 10 kg 50 gr "opiy" va 10 kg 29 gr "gashish" moddalarini kontranbanda yoʻli bilan olib oʻtgan vaqtlarida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qoʻlga olingan. 

Shuningdek, viloyatning Muzrabot tumanida narkokurerlar tomonidan Afgʻonistondan olib kelinib, hududdagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg 953 gr "opiy" va 4 kg 116 gr "gashish" moddalarini qabul qilib olgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi 43 yoshli muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs ushlangan. Mazkur giyohvandlik moddalarini Termiz shahrida qabul qilib olgan 48 yoshli Qozogʻiston fuqarosi ham DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. 

Shu kabi viloyatning Termiz tumanida narkokurerlar tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 922 gr "opiy" va 4 kg 03 gr "gashish" moddalarini olib, doimiy yashash manziliga ketmoqchi boʻlgan vaqtida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 47 yoshli fuqaro ham qoʻlga tushgan. Surishtiruv davomida mazkur shaxs ushbu giyohvandlik moddalrini har bir kilogrammini afgʻonistonlik narkosavdogarlardan 2300 AQSh dollaridan sotib olgani maʼlum boʻlgan. 

Yana viloyatning Sariosiyo tumanida 56 yoshli muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro toʻxtatilib tekshirilganda, uning yonida 4 kg 80 gr "gashish" moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan. 

Bundan tashqari, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida yashovchi, 46 yoshli shaxs boshqaruvidagi "Gentra" rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 975 gr "opiy" moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur fuqaroning yashash xonadoni ham tekshirilganda uning uyidan 789 gr "opiy" hamda 5 kg 239 gr "gashish" moddalari topilgan. 

Aniqlanishicha, fuqaroga yuqorida qayd etilgan giyohvadnlik moddalri tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan. Fuqaro norqotik moddalrni Qoʻqon shahrida sotishni rejalashtirgan. 

Shu kabi Faragʻona viloyatining Quvasoy shahri hududida qirgʻizistonlik narkokurerlar tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 922 gr "gashish" moddasini olib, doimiy yashash manziliga ketayotgan vaqtida Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 26 yoshli fuqao ham qoʻlga olingan. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Oʻzbekiston

11.10.2024, 11:09

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi

“Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi.

Oʻzbekiston

01.06.2026, 17:47

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi

Ilmiy daraja berish tartibi soddalashadi. Yana nimalar bekor qilindi?

Ta'lim

01.06.2026, 15:57

Har yili 100 ta she’riy konsert davlat hisobidan moliyalashtiriladi

Shuningdek, har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Madaniy

01.06.2026, 15:14

Mas’ud Pezeshkiyon iste’foga chiqmoqchi(mi?)

Yangi xabarga ko‘ra, amaldagi Eron prezidenti Oliy rahnamo idorasiga ariza topshirgan. Arizada “prezident va hukumat asosiy milliy qarorlarni qabul qilish jarayonlaridan chetlashtirilgani” aytilgan. 

Jahon

01.06.2026, 14:20

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi

Fransiya va uning hamkorlari yakshanba kuni Atlantika okeanida sanksiyalarni chetlab o‘tayotgan Rossiya neft tankerini qo‘lga olgan.  

Jahon

01.06.2026, 11:25

Myanmada portlash: 55 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi

Isyonchi Taang Milliy Ozodlik Armiyasining aytishicha, portlashga tog‘-kon ishlarida foydalanish uchun saqlanayotgan moddalarning tasodifan portlab ketishi sabab bo‘lgan.

Jahon

01.06.2026, 10:55

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt

Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.

Madaniy

27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →