updated: 22.03.2026, 11:25

Turli viloyatlarda noqonuniy yer sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan fosh etildi.

Ulashish:

Turli viloyatlarda noqonuniy yer sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Turli viloyatlarda noqonuniy yer sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Chinoz tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati va uning opasi oʻzaro til biriktirib, hozirda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumga tegishli fermer xoʻjaliligining yerini noqonuniy ravishda sotib yubormoqchi boʻlgani aniqlangan. Mazkur 9,72 gektar yer maydoni 2016 yilda Chinoz tumani hokimining qaroriga muvofiq 49 yil muddatga baliqchilik bilan shugʻullanish uchun ijaraga berilgan. Firibgarlar soxta hujjatlar asosida davlat idoralaridagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilgan.

Navbatdagi holatda Andijon shahridagi ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatning muqaddam bir necha marotaba sudlangan rahbari yakka tartibdagi tadbirkor bilan til biriktirib, oʻziga Asaka tumani hokimining 2020 yildagi qaroriga asosan issiqxona inshootlari qurish maqsadida ajratilgan 1 gektar yer maydonining toifasini mansabdor tanishlari orqali oʻzgartirib, u yerda 30 ta kottej tipidagi uy-joylar qurish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni rejalashtirgan. Bu ish evaziga xaridordan 230 ming AQSh dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular soʻralgan pul mablagʻidan 30 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtlarida ushlangan. 

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Jarqoʻrgʻon tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari 2015 yilda tuman hokimining qarori bilan chorvachilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer maydonining 11 gektar qismini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 430 mln soʻm talab qilib, oldindan 23 600 AQSh dollari va 100 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari oʻtkazgan tezkor tadbirda esa Urganch shahrida yashovchi, 1969 va 1980 yillarda tugʻilgan 2 nafar fuqaro Urganch tumani hokimligi zaxirasidagi 5 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali olib berishni aytgani aniqlangan. Ular maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi qurmoqchi boʻlgan tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 mln soʻm talab qilib, oldindan 300 mln soʻm olgan vaqtlarida ushlangan. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

08.11.2024, 11:11

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kelasi hafta Seul Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi – Janubiy Koreya prezidenti

14–16-sentyabr kunlari Markaziy Osiyoning har bir davlat rahbari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Siyosat

11.09.2026, 15:47

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi

Saratovdagi Ozon logistika markazida Ukraina dronlari hujumi ortidan, Kiyevdagi to‘qqiz qavatli uyda esa Rossiya zarbalar oqibatida yong‘in qayd etildi.

Jahon

11.09.2026, 14:27

Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi

Muzlik qulashi natijasida vayronaga aylangan Nepal endi global isishga aybdor davlatlarni yordamga chaqirmoqda. Ro'yhatda qaysi davlatlar bor?

Jahon

11.09.2026, 12:00

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi

10-sentyabr kuni G‘azo sektoridagi uyga berilgan havo zarbasi oqibatida bir erkak, uning rafiqasi hamda 8 va 12 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.

Jahon

10.09.2026, 16:13

Isroil — Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi

 Isroil Buyuk Britaniyaga Sharqiy Quddusdagi konsullikni yopish uchun 30 kun muhlat berdi.

Jahon

10.09.2026, 12:31

“Har biringizga $5000 dan beraman” – Trampdan yangi va’da

Donald Tramp oraliq saylovlarda Respublikachilar g‘alaba qozonsa, har bir voyaga yetgan amerikalikka 5000 dollardan berishni va’da qildi.

Siyosat

10.09.2026, 11:57

Dunyoda inflyatsiya yana kuchaymoqda

Narxlar oşib borayotgan bir paytda markaziy banklar qanday çora körmoqda?

Iqtisodiyot

10.09.2026, 10:38

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?

Anthropic kompaniyasining sobiq tadqiqotchisi AI 2030-yilgacha insoniyat uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Guardian nashrida maqola e'lon qilindi.

Fan-texnologiya

10.09.2026, 10:30

Ehtiyojmand oila farzandlarini bepul öqitadigan tadbirkorlarga yer 1 mln sömdan auksionga çiqariladi

Maktab yoşidagi bolalarini öz hisobidan ta'lim bilan ta'minlaşga tayyor bölgan biznesmenlarni davlat qanday rağbatlantiradi?

Oʻzbekiston

10.09.2026, 10:06

Tayvan mojarosi Ikkinchi jahon urushidan ham xavfli – AQSH vakili

Tayvan bo‘g‘ozida yuz berishi mumkin bo‘lgan mojaro jahon iqtisodiyotiga Ikkinchi jahon urushidan ham kattaroq ta’sir ko‘rsatadi, dedi Taypeydagi yuqori martabali diplomat.

Jahon

09.09.2026, 16:48

Adidas Isroildagi reklama kampaniyasi ortidan uzr so‘radi

Adidas kompaniyasining Isroildagi mahalliy reklama kampaniyasida sobiq harbiy Shalev Bitonning ishtirok etishi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.  

Jahon

09.09.2026, 16:01

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi

Mazkur holat yuzasidan shifoxonalar birlashmasi vakili bolaning oilasidan rasman uzr so‘ragan.

Fan-texnologiya

09.09.2026, 09:56

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya

Fuqaroligi bo'yicha mamlakatdagi eng ko'p qidiruvdagilar Xitoy fuqarolari bo'lib, o'zbekistonliklar bu borada ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Oʻzbekiston

09.09.2026, 09:25

AQSH saylovlarida musulmon nomzodlar mavzusi siyosiy bahs markazi aylandi

AQSHda 2026-yilgi oraliq saylovlar oldidan ayrim respublikachi siyosatchilar musulmon nomzodlarni xavfsizlik va ekstremizm mavzulari orqali tanqid qilmoqda.

Siyosat

08.09.2026, 16:34

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi

500 kilometrdan ortiq yo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydi. Loyiha kelgusida Xitoydan Yevropaga Rossiyani chetlab o‘tuvchi muqobil quruqlik yo‘nalishi sifatida baholanmoqda.

Jahon

08.09.2026, 16:09

Fransiyadagi Renuar muzeyidan 10 million dollarlik asarlar o‘g‘irlab ketildi

Luvr muzeyidagi 100 million dollarlik talonchilikka 1 yil ham to‘lmay, fransiyada yana bir muzey o'marildi.

Jahon

08.09.2026, 14:59

AQSH muzokarachilari ketishi bilan Rossiya Kiyevga hujum boshladi

Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berildi. Ayni paytda Ukraina ham Saratov shahriga dron hujumi uyushtirgan.

Jahon

08.09.2026, 10:07

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi raqamlashtiriladi

Yangi tartib dastlab Andijon viloyatida sinovdan o‘tkazilib, boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Oʻzbekiston

08.09.2026, 09:36

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi banklardan tobora ko‘proq qarz olyapti. 2026 yil boshidan buyon jismoniy shaxslarning banklar oldidagi qarzi 19,5 trillion so‘mga (20,3 milliard dollar) yetdi. Eng qizig‘i — qarzning o‘sishi ipotekada emas. Eng tez o‘sayotgan segment kredit kartalari va overdraftlar bo‘lib, 33,5 foizga oshgan.

Iqtisodiyot

07.09.2026, 17:58

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi

Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari oqibatida kamida 11 kishi, jumladan, ikki nafar bola va ikki nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi.

Jahon

07.09.2026, 16:26

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →