Toshkentdagi maktablarda yuqumli virus tarqaldi
Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat osoyishtaligi qoʻmitasining Toshkent shahar bosh boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
04.12.2024, 10:01
Ulashish:

Toshkentdagi maktablarda yuqumli virus tarqaldi
Qayd etilishicha, "Sanepidqoʻm"ning Mirobod tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan 214- va 65-maktablarda virusli gepatit kasalligi aniqlangani sababli u yerda epidemiologik tekshirish va sanitariya nazorati oʻtkazilgan.
Tekshiruv davomida oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ishchi xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtganlik xulosalari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi, maktab binosi va sinfxonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi, isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilgani hamda hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, qoʻl yuvish moslamalari va oqova suv tizimining soz holatdaligi koʻzdan kechirilgan.
Oʻrganishlar davomida maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Soʻng aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.
Maʼlumot uchun, virusli gepatit — jigarning yalligʻlanishi bilan bogʻliq boʻlib, u bir nechta turdagi viruslar tomonidan yuzaga chiqadi. Bu holat jigarni zararli taʼsirlar orqali shikastlantiradi va uning normal faoliyatini buzadi. Oʻzbekistonda bu virus koʻpincha sanitariya sharoitlari yomon boʻlgan hududlarda uchraydi.
Virusli gepatit beshta asosiy turga boʻlinadi. Bular: A, B (sariq), C, D va E. Shulardan Oʻzbekistonda B va C gepatitlari keng tarqalgan. Gepatit B, C virusi qon orqali tarqaladi, yaʼni infeksiyalangan odamlarning qoniga yoki tana suyuqliklariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlish orqali yuqadi. Mazkur viruslar surunkali boʻladi va jigar sirrozi yoki jigar saratoniga olib keladi.
Oʻzbekiston
04.12.2024, 10:01
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
