Toshkent shahrining Belariq mahallasidan oʻtgan Boʻrijar kanalida oqib ketayotgan qizni qutqargan 43 yoshli erkak choʻkib ketdi. Bu halokat nima sabab boʻlgan? Noqonuniy qurilishmi yoki ehtiyotsizlik. Minglab daraxtlarning kesilishi va xavfsizlik talablarining bajarilmasligi bilan kechgan obodonlashtirish ishlari ortidan Boʻrijar kanalining qirgʻoqlari xavfli boʻlib qolgan. Loyiha dastlab yopiq qaror asosida boshlanib, aholi eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan edi.