Boʻrijardagi halokat hamda oxirgi oʻrindagi inson qadri

Toshkent shahrining Belariq mahallasidan oʻtgan Boʻrijar kanalida oqib ketayotgan qizni qutqargan 43 yoshli erkak choʻkib ketdi. Bu halokat nima sabab boʻlgan? Noqonuniy qurilishmi yoki ehtiyotsizlik.

 

Minglab daraxtlarning kesilishi va xavfsizlik talablarining bajarilmasligi bilan kechgan obodonlashtirish ishlari ortidan Boʻrijar kanalining qirgʻoqlari xavfli boʻlib qolgan.

 

Loyiha dastlab yopiq qaror asosida boshlanib, aholi eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan edi.

Ulashish:

Foto: Gazeta.uz

Marhumning oila aʼzolariga koʻra, Abdumannop Samiqov suzishni yaxshi bilgan, lekin qirgʻoq boʻyida daraxtlar qolmagani, ularning oʻrnini sirpanchiq beton egallagani, qirgʻoqning muayyan masofalarida favqulodda holatlarga moʻljallangan joylar tashkil etilmagani mazkur fojiaga sabab boʻlgan.

 

2024 yilning kuzida boshlangan rekonstruksiya davomida xavfsizlik taʼminlanishi uchun kanal yoqalari toʻsib qoʻyilmagan. Natijada 7-8 yoshlardagi ikki qiz kanal qirgʻogʻiga tushgan, ulardan biri oyogʻini hoʻllayotgan mahal sirpanib suvga tushib ketgan. Oqim qizaloqni kanal oʻrtasiga olib ketgan. Yonidagi qiz yordam bermoqchi boʻlib, oʻzini suvga tashlagan, lekin u qirgʻoq boʻylab oqib borgan.

 

Bolalarning qichqiriqlarini eshitgan, shu yaqin atrofda yashovchi Darya Grapinenkova oʻzini suvga tashlagan qizni tinchlantirib, qoʻliga xoda bergan, lekin betonlashgan kanal juda sirpanchiq ekani va boshqa noqulayliklar sabab, qizlar kanalda oqib ketaverishgan. Oqim bilan ketayotgan birinchi qizning hayotini saqlab qolish uchun marhum Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlagan.

 

Marhumning oʻgay oʻgʻli Saidakbar Abduvaliyevning aytishicha, u marhum dadasining kanalda chiqishi uchun dastlab qirgʻoqdagi tayoq, yogʻochlarni uzata boshlagan. Ular yordam bermaganidan keyin arqon olib kelish uchun uyiga qaytib kirgan.  Bu paytda marhum suvda holsizlanib oqib ketavergan.

 

Beton yuzasi juda sirpanchiq. Keyin qoʻshnimiz Sasha xuddi dadamga reyka uzatganim kabi yordam berishni boshladi, oʻxshamadi, keyin yoʻldan bitta toʻnkani suvga otdi. Biz toʻnkaning ustiga chiqdik, oxirgi marta dadamni shu yerda koʻrdim”, degan Abduvaliyev.

 

Shundan soʻng, Saidakbar Abduvaliyev tez yordam va FVVga xabar bergan.

 

Unga aytishicha, FVV xodimlari 40 daqiqa, 1 soatlardan keyin kelgan. Shunda ham gʻavvos ular bilan birga kelmagan.

 

Qidiruv ishlaridan keyin marhumning jasadi shu kuni soat 23:00lar atrofida 16-shahar shifoxonasining orqa tomonidan (erkak suvga tushgan joydan taxminan 3,5 km masofada) topilgan.

 

Marhumning turmush oʻrtogʻi Surayyo Mahkamova, fojiadan keyingi kunlarda ham, xususan 7 may kuni bir nechta maktab oʻquvchilari kanalda choʻmilgani, bu haqda ogohlantirib 102 ga qoʻngʻiroq qilganida esa xodimlar kelmaganini aytdi.

 

Bolalarni qutqarishda jonbozlik koʻrsatgan Darya Grapinenkova va Aleksandra Maxsudova kanal boʻyini obodonlashtirish, uni sayr zonasi qilish bahonasida minglab daraxtlar kesilgani, mutasaddilar mahalla ahlini eshitmayotganini aytdi.

 

Grapinenkovaning aytishicha, kanal yoqasida oldin taxminan mingta daraxt boʻlgan. Koʻzlangan loyiha xuddi Seul Munga oʻxshab, kanal boʻyida velosipedlar yoʻlagi, kafe va doʻkonlar, sayr zonasi boʻlishi aytilgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, "Kun.uz" kanaldagi ketayotgan qurilish ishlari yuzasidan a bosh pudratchi “Toʻplang HPD” olding MChJ vakili bilan bogʻlangan biroq u mazkur loyiha haqida deyarli maʼlumot bermagan.

 

Buyurtmachi – Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Kun.uzʼga taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, 1-bosqichda Boʻrijar kanalining Seul koʻchasidan Choʻponota koʻchasigacha boʻlgan 3,2 km dan iborat qismidagi qirgʻoqlari va oʻzanlari mustahkamlanadi. Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 724-sonli yopiq qarori qabul qilingan.

 

Qarorga muvofiq, kanal qirgʻoqlarining yemirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni barvaqt bartaraf etish va aholi xavfsizligini taʼminlash hamda ularni xavfsiz hududlarga koʻchirish, koʻchki va yemirilishlar takrorlanishining oldini olish uchun kanal qirgʻoqlari va oʻzanlarini mustahkamlash, shuningdek, kanal boʻyini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish orqali sayilgoh, dam olish va boshqa koʻngilochar maskanlar hamda xiyobonlar barpo etish belgilangan.

 

Loyiha qiymati 140 mlrd soʻmga baholanib, mablagʻlar respublika byudjetidan ajratilgan.

 

Buyurtmachi ayni paytda vujudga kelgan jarliklar bartaraf etilishi, hudud xavfsiz boʻlishini aytdi. Ammo boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

 

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi "Gazeta.uz"ga bergan izohida, rekonstruksiya ishlari davomida xavfsizlik talablari buzilganini tasdiqlagan. 

 

Maʼlum qilinishicha, inspeksiya xodimlari bu qurilishni muntazam ravishda tekshirib, xavfsizlik choralari, jumladan, toʻsiqlar, ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatish va xavfli hududlarga kirishni cheklash ishlarini nazorat qilib kelgan. Pudratchi va buyurtmachiga obektda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha bir necha bor yozma koʻrsatmalar berilgan.

 

So‘nggi yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52