Yaponiyaning Okayama shahrida 32 yoshli ayol sunʼiy intellekt — ChatGPT bilan ramziy toʻy marosimini oʻtkazdi. Maʼlumotlarga koʻra, Kano ismli ayol uch yillik unishtiruvi buzilgandan soʻng ChatGPT bilan muloqotni boshlagan. Dastlab u sunʼiy intellektdan hissiy yordam olish maqsadida foydalangan, ammo vaqt oʻtishi bilan unga nisbatan muhabbat hissi paydo boʻlgan.