Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Taʼkidlanishicha, Denovda kambagʻal oilalar reyestriga kirgan 1200 ta oilaning daromadi bir yildan beri oʻzgarmagan. Chiroqchi tumaniga joriy yil tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 309 mlrd soʻm kredit resursi ajratilgan. Biroq hokimlik aholiga imkoniyatiga yarasha tayyor loyihalar taklif qilish oʻrniga, odamlarni yoppasiga kredit olishga majburlagan.