Prezident yigʻilishda ikki tuman hokimini ishdan olishga buyurdi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Taʼkidlanishicha, Denovda kambagʻal oilalar reyestriga kirgan 1200 ta oilaning daromadi bir yildan beri oʻzgarmagan. Chiroqchi tumaniga joriy yil tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 309 mlrd soʻm kredit resursi ajratilgan. Biroq hokimlik aholiga imkoniyatiga yarasha tayyor loyihalar taklif qilish oʻrniga, odamlarni yoppasiga kredit olishga majburlagan.
Siyosat
20.11.2025, 09:05
Ulashish:

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Denov: katta mablagʻ, lekin natija yoʻq
Surxondaryoning Denov tumaniga Uzun tumaniga nisbatan 4,5 baravar koʻp mablagʻ ajratilganiga qaramay, kambagʻallikni qisqartirish borasida sezilarli natija kuzatilmagan.
Kambagʻal oilalar reyestriga kirgan 1200 ta oilaning daromadi bir yildan beri oʻzgarmagan. Shu sababli Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov va uning birinchi oʻrinbosari Sh.Toʻraqulov lavozimidan ozod qilindi.
Chiroqchi: aholini majburan kreditga jalb qilish tanqid qilindi
Qashqadaryodagi Chiroqchi tumaniga joriy yil tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 309 mlrd soʻm kredit resursi ajratilgan. Biroq hokimlik aholiga imkoniyatiga yarasha tayyor loyihalar taklif qilish oʻrniga, odamlarni yoppasiga kredit olishga majburlayotgani Prezident tomonidan keskin tanqid qilindi.
«Shuncha resurs bilan odamlarga tayyor loyiha berish oʻrniga aholini kredit olishga majburlayapti. Uning qaytimini oʻylagani ham yoʻq», - dedi Mirziyoyev.
Shu bois Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov va birinchi oʻrinbosari Zafar Ergashev ishdan olindi.
Yana 20 ta tuman hokimi boʻyicha chora koʻriladi
Yigʻilishda ayrim tumanlarda bandlik masalalarida «jiddiy kamchiliklar va koʻzboʻyamachilik» aniqlangani taʼkidlandi.
Bosh vazirga quyidagi 20 tuman hokimiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish topshirildi:
Yashnobod, Buxoro, Gʻijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqoʻrgʻon, Yangiyol, Oʻzbekiston, Guliston, Yakkabogʻ, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinkoʻl, Qiziriq, Kogon.
Maʼlumot uchun:
• Ilhom Abrorov — 2023 yil yanvaridan beri Denov tumaniga rahbarlik qilgan.
• Fayzulla Yusupov — 2023 yil avgustida Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangan.
Siyosat
20.11.2025, 09:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tandirlarni buzgan Shaxrixon tuman hokimiga hayfsan berildi
Oʻzbekiston
03.12.2025, 21:08

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 17:32

Fuqaroni urgan hokim jazolandi
Oʻzbekiston
03.08.2024, 13:23

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi
Oʻzbekiston
03.04.2024, 12:39
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
