Jizzax viloyati Forish tumanidagi toʻrtta davlat bogʻchasida 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Maʼlum boʻlishicha, ular bir kun oldin biokefir, pishloq, saryogʻ kabi mahsulotlarni isteʼmol qilgan. Viloyat SES xizmatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash normalari buzilgan. Hozirda holat boʻyicha jinoiy ish ochilib, surishtiruv olib borilmoqda.