Avvalroq sobiq Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonovga suiqasd urushtirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat boʻyicha rasmiy bayonot eʼlon qilindi. Izohda Allamjonov ichida boʻlgan "Range Rover" rusumli avtomashinaga ikki nafar nomaʼlum shaxs oʻq uzib qochgani yozilgan. Shuningdek, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.