Joriy yilning 14 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati hamda "Spravedlivaya Rossiya" fraksiyasi rahbari Sergey Mironov oʻzining X'dagi sahifasida Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi fuqarolarni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Mironov Oʻzbekistonning Rossiyada boʻlib turgan muhojirlariga qoʻygan mazkur taqigʻi sababli mamlakat bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytdi.