"Oʻzbekiston bilan viza tartibini joriy qilish kerak. Mamlakatning "fuqaro"lari bizga kerak emas". Rossiyalik deputat nimaga shama qilmoqda?
Joriy yilning 14 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati hamda "Spravedlivaya Rossiya" fraksiyasi rahbari Sergey Mironov oʻzining X'dagi sahifasida Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi fuqarolarni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Mironov Oʻzbekistonning Rossiyada boʻlib turgan muhojirlariga qoʻygan mazkur taqigʻi sababli mamlakat bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytdi.
Siyosat
21.10.2024, 10:41
Ulashish:

"Oʻzbekiston bilan viza tartibini joriy qilish kerak. Mamlakatning "fuqarolari" bizga kerak emas". Rossiyalik deputat nimaga shama qilmoqda?
"Qozondagi Oʻzbekiston bosh konsulligi oʻzbekistonliklarni Rossiya armiyasiga qoʻshilmaslikka chaqirdi. Nega ular sizni onalik uchun suyunchi puli olmaslikka chaqirmadi? Boshqa imtiyozlardan foydalanmaslikka-chi? Bu mumkin. Lekin sizni boqayotgan davlatni himoya qilish mumkin emas. Oʻzbekiston bilan viza tartibini joriy qilish kerak. Bunday "fuqaro"lar bizga kerak emas", deya post qoldirgan Mironov.
Rossiya deputatining mazkur postiga Oʻzbekiston jamoatchilik faollari ham ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzlarining sahifalarida birin-ketin javob qaytardi. Shulardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov oʻzbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam oʻldirib emas, deya yozgan.

"Oʻzbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam oʻldirib emas. Rossiyani esa Mironovning oʻzi, oʻgʻillari, kuyovlari, nevaralari himoya qilishi kerak. Bilishimcha, ruslar ham vatanni himoya qilishni oʻzbeklardagidek muqaddas burch hisoblaydilar", deya post qoldirgan Qodirov.
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev ham rossiyalik deputatning fikrlarini munosabatsiz qoldirmadi.
"Oʻzbekiston diplomatik idorasi Oʻzbekiston qonunchiligida koʻzda tutilgan normalarni oʻz fuqarolariga eslatgani uchun Rossiyadan viza rejimi joriy etish tahdidi yangrayotgani, Rossiya siyosatchilari Oʻzbekistonni oʻzlariga qaram davlat sifatida koʻrishini anglatmoqda. Afsuski, yuqori martabali siyosatchining bu gaplari Rossiya tomoni Oʻzbekiston bilan aloqalarni buzish uchun bahona qidirayotganini koʻrsatmoqda", degan Kusherboyev.

Shuningdek, u Mironovni Zaxarovadan soʻng Oʻzbekistonga kiritilmaydigan shaxslar roʻyxatiga joylash kerakligini bildirgan.
"Shu oʻrinda janob Mironovga savol: agar Oʻzbekiston oʻz hududida ishlayotgan rus fuqarolarini Oʻzbekiston manfaati uchun qayergadir urushga joʻnatganida Rossiya diplomatik vakolatxonalari indamay turisharmidi? Keyin Oʻzbekistonda ham qarshi tomonga nisbatan xuddi shunday viza rejimi joriy etish imkoniyati borligini unutmaslik kerak. Menimcha, Oʻzbekiston uchun nomaqbul shaxslar roʻyxatiga Zaxarovadan soʻng kim kiritilishi kerakligi koʻpchilikka tushunarli boʻlgan boʻlsa kerak”, deya postini yakunlagan Ekologiya vaziri maslahatchisi.
"Yuksalish” harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov ham oʻzining Telegram'dagi sahifasida Sergey Mironovning postiga munosabat bildirdi. Bekmurodov Oʻzbekiston fuqarolari boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi boʻlmaydi. Konsullik fuqarolarni Oʻzbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli, deya yozgan.
"Birinchidan, biz vatandoshlarimiz boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi boʻlmaymiz. Konsulligimiz fuqarolarimizni Oʻzbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli. Ikkinchidan, vatandoshlarimiz oʻz mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qoʻshyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir", deya yozgan Bobur Bekmurodov.

Bundan tashqari, u rossiyalik deputatga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi "Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida"gi shartnomaning 7-moddasini eslatgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida"gi shartnomaning 7-moddasida bir tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar koʻradilar. Bizda qonunlar ishlaydi. Sizlarda ham shunday boʻlishi kerak, oʻrtoq Mironov. Bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi", deya qoʻshimcha qilgan Bobur Bekmurodov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Toshkentdagi maktab oʻquvchisi rus tili darsida oʻqituvchisi tomonidan kaltaklangani boʻyicha Oʻzbekistondan izoh talab qilgan edi.
Javohir Yoʻldashov
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada epilepsiya xastaligini sunʼiy intellektda aniqlash usuli kashf qilindi
Fan-texnologiya
17.02.2025, 10:43

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar Toshkentga olib kelindi
Oʻzbekiston
15.02.2025, 11:05

Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismi boʻlishi mumkin — Donald Tramp
Jahon
12.02.2025, 15:02

Rossiyadan yana uch nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi
Oʻzbekiston
12.02.2025, 10:51

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?
Siyosat
04.02.2025, 14:04

Mirziyoyev Putin bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi
Oʻzbekiston
12.12.2024, 09:50
Mashhur yangiliklar

Prezident Mirziyoyev Karimovni xotirladi
Oʻzbekiston
30.01.2025, 12:15

Buxoroda konserva mahsulotidan zaharlangan kelin vafot etdi
Oʻzbekiston
03.02.2025, 15:18

Nukusda bogʻcha tarbiyalanuvchisi shippak bilan kaltaklandi
Oʻzbekiston
06.02.2025, 11:17

Toshkentda haydovchi bir necha kishini mashinada bosib ketishga urindi
Oʻzbekiston
07.02.2025, 09:54

Oʻzbekistonda ish haqi, pensya va nafaqa oshmaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
17.02.2025, 10:18

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirib o‘tqazilmoqda
Oʻzbekiston
18.02.2025, 10:22
So‘nggi yangiliklar

Tomorqasida ekin ekmaganlar uch barobar qimmat soliq toʻlaydi
Oʻzbekiston
20.02.2025, 10:26

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi
Oʻzbekiston
20.02.2025, 09:58

Toshkentda yertoʻlaga tushib ketgan quruvchi halok boʻldi
Oʻzbekiston
19.02.2025, 11:36

Avstraliyada sohilga chiqib qolgan 90 ta kit oʻldirildi
Jahon
19.02.2025, 11:14

Oʻzbekistonning harbiy texnikalari Abu-Dabidagi koʻrgazmada qoʻyildi (foto)
Oʻzbekiston
19.02.2025, 10:30

Kanada hamda Ispaniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlandi
Siyosat
19.02.2025, 10:09

Qarishni sekinlashtirishning yangi usuli maʼlum qilindi
Fan-texnologiya
18.02.2025, 13:14

Boliviyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 31 kishi halok boʻldi
Jahon
18.02.2025, 10:44

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirib o‘tqazilmoqda
Oʻzbekiston
18.02.2025, 10:22

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yangi jamgʻarma tashkil etiladi
Siyosat
18.02.2025, 10:06

Samarqandda yigʻilish davomida 7 kishi qamoqqa olindi
Oʻzbekiston
17.02.2025, 11:33

Joriy hafta oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
Oʻzbekiston
17.02.2025, 11:16
Mashhur yangiliklar

Prezident Mirziyoyev Karimovni xotirladi
Oʻzbekiston
30.01.2025, 12:15

Buxoroda konserva mahsulotidan zaharlangan kelin vafot etdi
Oʻzbekiston
03.02.2025, 15:18

Nukusda bogʻcha tarbiyalanuvchisi shippak bilan kaltaklandi
Oʻzbekiston
06.02.2025, 11:17

Toshkentda haydovchi bir necha kishini mashinada bosib ketishga urindi
Oʻzbekiston
07.02.2025, 09:54

Oʻzbekistonda ish haqi, pensya va nafaqa oshmaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
17.02.2025, 10:18

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirib o‘tqazilmoqda
Oʻzbekiston
18.02.2025, 10:22