Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishchi guruhi joriy yilning 5 iyul kuni Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimovani 2014 yilda hech qanday ordersiz va tushuntirishlarsiz oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinganini va saqlab kelayotganini eʼlon qilgan edi. Oʻzbekiston Inson huquqlari Milliy markazi BMTning ushbu qaroriga nisbatan rasmiy munosabat berdi.