BMT Gulnora Karimovani noqonuniy hibsga olinganligini aytmoqda. Bu borada Oʻzbekiston hukumati nima deydi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishchi guruhi joriy yilning 5 iyul kuni Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimovani 2014 yilda hech qanday ordersiz va tushuntirishlarsiz oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinganini va saqlab kelayotganini eʼlon qilgan edi. Oʻzbekiston Inson huquqlari Milliy markazi BMTning ushbu qaroriga nisbatan rasmiy munosabat berdi.
Oʻzbekiston
09.07.2025, 17:53
Ulashish:
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston hukumati rasmiy javobi BMTga taqdim etilgan. Ammo protsessual muddatlar tufayli eʼtiborga olinmaganidan tash bildirgan.
Shuningdek, Akmal Saidov boshchiligidagi Inson huquqlari Milliy media markaz quyidagilarni ham bayon etgan:
1. Hukumat Ishchi guruhning fikri Manba tomonidan taqdim etilgan bir tomonlama subʼektiv maʼlumotlar asosida shakllantirilgani, Oʻzbekiston Hukumatining bu borada rasmiy javobi taqdim etilgani, ammo u rasmiy protsessual muddatlar tufayli eʼtiborga olinmaganidan tashvish bildiradi. Bunday yondashuv BMT organlari amal qilishi zarur boʻlgan xolislik va begʻarazlik prinsiplariga putur yetkazadi.
2. Oʻzbekiston oʻzaro hurmat, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va ikki yoqlama standartlarga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asoslangan muloqot va xalqaro hamkorlik uchun hamisha ochiq.
3. G. Karimovaga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga qatʼiy rioya qilgan holda, shuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qoʻzgʻatilgan hamda koʻrib chiqilgan.
4. Himoyaga boʻlgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat protsessining barcha bosqichlarida taʼminlangan. G. Karimova mustaqil ravishda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyachilarga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan. Jinoyat ishiga oid materiallar bilan tanishish, qarorlar ustidan shikoyat qilish hamda himoyachi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.
5. G. Karimova ishi boʻyicha sud qarorlari vakolatli sudlar tomonidan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar, jumladan soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat mulkini gʻayriqonuniy oʻzlashtirish, firibgarlik va davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan boshqa jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar asosida chiqarilgan.
6. G.Karimovaning 2014 yilda goʻyoki oʻzboshimchalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamogʻida saqlangani, "oshxonadagi sud" va boshqa shu kabi daʼvolar asossizdir. Barcha protsessual harakatlar va sud muhokamalari protsessual qonunchilik normalari va talablariga toʻliq muvofiq holda oʻtkazilgan. Hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati mazkur ish boʻyicha siyosiy sabablar mavjudligi toʻgʻrisidagi daʼvolarni qatʼiyan rad etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining barcha harakatlari faqat sudlanuvchining jinoiy harakatlarni sodir etishdagi aybini toʻliq tasdiqlovchi huquqiy va daliliy jihatlarga asoslangan boʻlib, uning qonuniy iqtisodiy faoliyati va/yoki siyosiy mavqei yoki qarashlariga daxl qilmagan.
8. Shu nuqtai nazardan, 2022 yilda Shveysariya Konfederatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitim doirasida G.Karimova ilgari jinoiy yoʻl bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan Oʻzbekiston Hukumatining islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanish maqsadida "Vision 2030" jamgʻarmasi tashkil etilganini taʼkidlaymiz. Jamgʻarma boshqaruvi BMTning Koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi orqali amalga oshirilmoqda.
9. Oʻzbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelmoqda va BMT mexanizmlari, jumladan maxsus tartib-taomillari bilan konstruktiv muloqotni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqlaydi.
10. Hukumat xalqaro tuzilmalarda oʻz obroʻsini himoya qilish, shuningdek, ishonchli axborotni manfaatdor tomonlarning keng doirasiga tushuntirish boʻyicha keyingi qadamlarni qoʻyish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Paradigma.uz Gulnora Karimovaga tegishli ekanligini aytilgan Shveysariyadagi pullarini Oʻzbekistonga qaytarilishi va qayerlarga sarf qilinayotganligi haqida materiallar eʼlon qilingan edi.
Oʻzbekiston
09.07.2025, 17:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Gulnora Karimovaning qancha pullari Oʻzbekistonga qaytarildi, ular qayerga sarflandi?
Oʻzbekiston
29.04.2025, 12:21

Karimovadan musodara qilingan pullarga 45 ta maktab taʼmirlandimi?
Iqtisodiyot
25.09.2025, 10:30

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi
Jahon
08.01.2026, 15:33

Gulnora Karimova bilan bogʻliq Zeromax ishi boʻyicha sud qaror chiqardi
Siyosat
13.11.2025, 14:37

BMT tugatilishi kerakmi?
Siyosat
15.10.2025, 12:24

BMTning boʻsh zalida Netanyahu Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish kerkligini aytdi
Jahon
28.09.2025, 14:29
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
